s
USD: Rub: Eur:
2023-06-09 931

MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH TARTIBI – FUQAROLARNING SAYLOV HUQUQLARINING KAFOLATI

Demokratik huquqiy davlat hamda ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy prinsiplarini ro‘yobga chiqarish, demokratik saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratish bilan uzviy bog‘liqdir. Demokratik huquqiy davlatning shakllanish sharoitida saylov instituti xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning real mexanizmi hisoblanadi.

Saylov – demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlatning muhim belgilaridan biri. Ushbu tadbir orqali fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirish, vakillik organlariga saylash va saylanishdek siyosiy huquq va erkinliklari amalga oshiriladi.

Mamlakatimizning Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 128-moddasida asosan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egaligi, Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanganligi alohida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 57-moddasida ko`ra Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqi belgilab qo`yilganligi, fuqarolarimizning saylov huquqlaridan foydalanishda sharoit yaratilganligidan dalolat beradi.

Muddatidan oldin ovoz berish tartibiga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Bunda saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi va saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yib, maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to`ldiriladi.

Saylovchi tomonidan to‘ldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda qoldiriladi, konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Shuni aytishimiz mumkinki,  milliy saylov qonunchiligimiz O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining erkin tanlov huquqini to‘la ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi

Мавзуга оид