Joriy yil 15 noyabrdan О‘RQ–878-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksning sanitariya va gigiyena talablariga aloqador moddalariga о‘zgartirish kiritildi.
Unga kо‘ra, endilikda sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi) jarima solishga sabab bо‘ladi.
Xuddi shuningdek, yuqoridagi huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 5 baravaridan 10 baravarigacha edi) miqdorda jarima solinadi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev