Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Budjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozini;
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
yangilangan Fiskal strategiyani;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun budjet mo‘ljallarini;
sohalar bo‘yicha rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini;
davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablag‘larining yillik cheklangan miqdorini.
Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi