s
USD: Rub: Eur:
2023-11-18 764

Bir xodimimiz 1 yillik harbiy xizmatga ketmoqda. Uning o‘rniga olingan xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzamizmi?

Xodim 1 yillik ya’ni muddatli harbiy xizmatga ketsa, u bilan mehnat shartnomasi MK 168-modda (mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi) 1-bandi (xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda) bilan bekor qilinadi.

Agar xodim 1 oylik ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilsa, mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi, uning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Bunda, xodim 1 oylik xizmatga ketsa yoki qonunlarga muvofiq xodimning ish joyi saqlanadigan mehnat va ijtimoiy ta’tillarda bo‘lgan vaqtida uning o‘rniga olingan xodim bilan muddatli muhnat shartnomasi tuzsangiz bo‘lar edi. 1 yillik xizmatga ketgan xodimning o‘rniga olingan xodim bilan muddatsiz shartnoma tuzishingiz mumkin.

Shartnoma MK 168-moddasi 1-bandi bilan bekor qilinsa, MK
173-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashi shart.

Sobiq xodim harbiy xizmatdan qaytdi. Endi MK 102-moddasiga ko‘ra, harbiy xizmatga chaqirilgan xodim rezervga bo‘shatilgan kunidan boshlab uzog‘i bilan 3 oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir. Shuningdek, harbiy xizmatga chaqirilgan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan kunidan boshlab
3 oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega. Bu holatda esa, ish beruvchi uni ishga qabul qilishga majbur.

 

 

Jasur  ATADJANOV,

Urganch tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  boshlig‘i.

 

Мавзуга оид