s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-11-15 144

Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog' va tokzorlarni barpo qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-151-son, 30.09.2024) qabul qilindi.  Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi: Qishloq xo'jaligida xizmatlar ko'rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi; Agentlik huzurida Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg'armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi. 2024-yil 1-oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog' va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi. 2024-yil 1-oktyabrdan yangi bog'larni barpo etishni Jamg'arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi: 1.bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda; 2.bosqichda – ko'chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda; 3.bosqichda – sug'orish tizimlarini o'rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda; 4.bosqichda – bog' hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      Y.S.Xo’jamuratova

Мавзуга оид