s
Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet sohasidagi vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi to‘xtatib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.N.Aminov