s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-22 232

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI XODIMLARIGA HAM 50 FOIZ USTAMA TO‘LANADIMI?

Assalam-u alaykum! Mening savolim bor edi .Mening xorijiy tillarni ōqitish bōyicha C1 sertifikatim bor. Men maktabdan 50% ustama olaman va bog'chaga ham ingliz tilidan dars ōtaman.C1 sertifikatimga menga bog'chada ham 50% ustama tōlanadimi?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  19.05.2021 yildagi PQ-5117-sonli qarorining 5-bandiga asosan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab: a) ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi belgilangan.

 

Ya’ni bu yerda faqat maktabda ishlovchilarga to‘lanadi degan qoida mavjud emas.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti G’.Davlatboyev

Мавзуга оид