s
“Farmasevtika tarmog'ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 10.01.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
➖2024–2025 yillarda farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha “yo'l xaritasi”;
➖farmasevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yig'ma parametrlari;
➖“Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri (Klaster) faoliyatini jadallashtirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi.
Klaster hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo'shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qarorga ko'ra, shuningdek:
har yili 1 dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmasevtika mahsulotlariga bo'lgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;
2024 yil 1 martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmasevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi bo'yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin bo'lgan tizim joriy qilinadi;
2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmasevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga o'tkaziladi.
2024 yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta'minlanadi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi