s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-03-23 363

Assalomu alaykum ustoz. Xodimning ismi yoki familiyasi o’zgarsa mehnat shartnomasiga qo’shimcha kelishuv qilish shartmi?

MK 107-moddasi 5-qismiga ko’ra, rekvizitlar o‘zgargan taqdirda, mehnat shartnomasining tarafi ular o‘zgartirilgan paytdan e’tiboran 3️⃣ ish kuni ichida bu haqda boshqa tarafga yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlaridan hisoblanadi.

MK 107-moddasi 4-qismiga ko’ra, agar mehnat shartnomasini tuzishda ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan rekvizitlardan biror-biri shartnomaga kiritilmagan bo‘lsa, bu mehnat shartnomasini tuzilmagan deb e’tirof etish yoki uni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Mehnat shartnomasi yetishmayotgan rekvizitlar bilan to‘ldirilishi kerak. Bunda yetishmayotgan rekvizitlar mehnat shartnomasiga doir yozma shaklda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv bilan belgilanadi, ushbu kelishuv mehnat shartnomasining ajralmas qismidir.

 Masalan, mehnat shartnomasini tuzishda xodimning rekvizitlaridan biri, masalan, familiyasi kiritilmay qolsa, qo‘shimcha kelishuv tuziladi.

Agar rekvizitlar mehnat shartnomasiga kiritilganu, lekin savolda so’ralganidek keyinchalik o’zgargan bo’lsachi Bu holatda nima qilish kerak. Bu borada 2 xil qarash bor.

 Ayrim mutaxassislar qo’shimcha kelishuv shart emas deb hisoblashadi. Ular fikricha, MK 107-moddasi 5-qismi o'zgartirilgan rekvizitlarni emas, balki faqat yetishmayotgan rekvizitlarni kiritish uchun qo’shimcha kelishiv tuzishni talab qiladi.

 2-toifa esa qo’shimcha kelishuv tuzish shart deb hisoblashadi. Ular ham o’z fikrlarini aynan 107-moddasi 5-qismi bilan asoslashadi. To’g’ri, 107-modda 5-qismi aynan yetishmayotgan rekvizitlarni kiritish uchun qo’shimcha kelishiv tuzishni talab qiladi. Mehnat shartnomada xodimning ism-familiyasi kiritilgan, lekin u yangiga o’zgarganku, shuning uchun ham, bu holatda qo’shimcha kelishuv tuzish shart deb hisoblashadi.

Xodimning ism-familiyasi o’zgargan holatda, kadroviklarimizga mehnat  shartnomasiga qo’shimcha kelishuv tuzishni tavsiya qilamiz. Ish beruvchining buyrug'i qabul qilinadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yangi ismi-sharifi bilan xodimning shaxsiy delosiga ilova qiling va kiritilgan oʼzgartirishlar toʼgʼrisida buxgalteriya boʼlimiga xabar bering.

“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (https://lex.uz/docs/-643007)ga ko’ra, mehnat daftarchasidagi ismi-sharifi va tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuvlarga o‘zgartirishlar tegishli hujjatlar (pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi, tug‘ilganlik, nikoh va nikohni bekor qilinishi haqidagi guvohnomaga qarab familiyasini, ismini o‘zgartirish va hokazolar) asosida va ushbu hujjatlarning soni va berilgan sanalariga havola qilingan tarzda oxirgi ish joyidagi ish beruvchi tomonidan kiritiladi.

O‘zgartirilgan yozuvlar mehnat daftarchasining birinchi betiga kiritiladi. Ilgarigi familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tug‘ilgan kuni to‘g‘risidagi yozuv ustidan bir chiziq chizilib, yangi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi. Yozuvlar muqovaning ichkari betiga yozilib tashkilot rahbarining yoki uning tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxs imzosi hamda tashkilot yoki xodimlar bo‘limi muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi 
bosh yuriskonsulti A.Abdusheripov

Мавзуга оид