s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 551

Tungi vaqtdagi ishning davomiyligi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini  188-moddasiga ko’ra,soat       22-00 dan to soat 6-00 gacha bо‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.

Agar xodim uchun belgilangan har kungi ish (smena) davomiyligining kamida yarmi tungi vaqtga tо‘g‘ri kelsa, tungi vaqtdagi ishning davomiyligi ish haftasining davomiyligi tegishli ravishda qisqartirilgan, keyinchalik ishlab berilmagan holda bir soatga qisqartiriladi.

Agar jamoa shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlar uchun, shuningdek tungi vaqtda ishlashga maxsus qabul qilingan xodimlar uchun tungi vaqtdagi ishning (smenaning) davomiyligi qisqartirilmaydi.

Mehnat sharoitlariga kо‘ra zarur bо‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi vaqtdagi ishning davomiyligi kunduzgi vaqtdagi ishning davomiyligi bilan tenglashtiriladi. Mazkur ishlar rо‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bо‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra belgilanishi mumkin.

Xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish ushbu Kodeks                               396-moddasining ikkinchi qismida, 417-moddaning birinchi qismida va                      428-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Tungi vaqtdagi mehnatga haq tо‘lash ushbu Kodeksning                             264-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                    Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид