s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 854

Insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash huquqini tiklashning konstitutsiyaviy kafolatlari

Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi odil sudlovning ajralmas elementi hisoblanadi.

Jumladan, yangilangan Konstitutsiyamizning 55-moddasida insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash huquqini samarali amalga oshirishga qaratilgan normalar mustahkamlandi.

Mazkur qoidalarni Asosiy qonunimizga kiritilishi nima beradi?

Birinchidan, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanmoqda.

Agar normaning amaldagi tahriri faqat davlat organlari va jamoat tashkilotlarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishni nazarda tutsa, endilikda boshqa tashkilotlar, jumladan xususiy tashkilotlarni ham qamrab olmoqda. Bundan tashqari, ushbu tashkilotlarning nafaqat g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari, balki g‘ayriqonuniy qarorlari ustidan ham sudga shikoyat qilish imkoniyati berilmoqda. 

Ikkinchidan, har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqini kafolatlovchi norma belgilandi.

Har qanday shaxs buzilgan huquqi yoki qonuniy manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumyurisdiksiya yoki maʼmuriy sudga murojaat qilish huquqiga egaligini konstitutsiyaviy kafolatlanishi inson huquqlari himoyasini yanada kuchaytiradi. Ushbu himoyaning samaradorligini taʼminlash uchun esa sudlar shikoyatlarni qatʼiy protsessual tartib-qoidalarga tayanib, oqilona muddatlarda, tenglik, tortishuv va adolat prinsiplari asosida ko‘rib chiqishlari lozim.

Bunday normalar Italiya, Portugaliya, Serbiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida mustahkamlangan.

 

Xonqa tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti  Tajiyev Atabek Yuldashevich

 

Мавзуга оид