s
O‘zbekiston Respublikasining Prezident tomonidan 21.02.2024 yildagi OʻRQ-911-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Qonun imzolandi.
Hujjat bilan toʻlovga qobiliyatsizlikning alohida jihatlariga oid 25 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilayotgan quyidagi oʻzgartirishlarga muvofiq:
Sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun da’vo arizalari hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini toʻlamasdan sudga murojaat qiladi.
Jinoyat kodeksi, Fuqarolik kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi normalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Urazbayev Tursunboy