s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 748

Vazirlar Mahkamasining (266-son, 06.05.2024 y.) qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda

 

Qarorni qabul qilish zarurati:

 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;

Ma'lumot uchun: Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog'i o'rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi.

 har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;

Ma'lumot uchun: 2017-2022 yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o'rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma'lumot ko'rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan.

 shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 sentabrdagi PF–6075-son Farmoni bilan 498 ta hamda 2021 yil 30 apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 380 ta, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qarori bilan 1 887 ta, 2022 yil 21 iyuldagi 396-son qarori bilan 422 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.

✅Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид