s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 368

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2022 yildagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarorining
26-ilovasiga asosan “Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish” tartibi belgilangan.

Mazkur qaror talablariga muvofiq avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun jismoniy va yuridik shaxslar istalgan davlat xizmatlari markazlariga yoki license.gov.uz axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun

yuridik shaxs uchun-nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun F.I.O, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami;

qayta jihozlash turi;

qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektining nomi, STIR (yoki JSHSHIR yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) va joylashgan manzili;

avtomototransport vositasining texnik pasport yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nomi, raqami va sanasi ko’rsatilgan ariza.

transport egasi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa — tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chet el fuqarosi bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi elektron nusxasi taqdim etiladi.

Transport vositasini ruxsat etishga oid talab va shartlar qayd qilingan qarorda keltirilgan.

Jumladan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan qayta jihozlashni amalga oshirish, ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlatmaslik (avtomototransport vositalarining kuzov, kabina va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi (yoki shu rusumning yangi modifikatsiyasidagi) kuzov, kabina va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno), transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘zda tutilmagan qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu kani avtotransport vositasini bir vaqtning o‘zida ikki turdagi gaz (siqilgan tabiiy va suyultirilgan gaz) yoqilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlash taqiqlanadi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig’im undiriladi va ariza berilgan kundan e’tiboran 10 kun muddat ichida Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan ko’rib chiqilib ruxsatnoma beriladi yoki rad etish sabablari ko’rsatilgan holda talabgor yig’im to’lamasdan qayta ariza berish muddati ko’rsatilib rad etiladi. Bunda qayta eriza berish muddati rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Xozirgi kunda mazkur qaror talablari asosida Xonqa tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarda  954 tadan ortiq davlat xizmatlari kor’satilib, markazda sifatli xizmat ko’rsatish yuzasidan barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Xonqa tuman Davlat xizmatlari

markazi direktori                                                            Axmedov Ulug‘bek Ilxamovich

 

Мавзуга оид