s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-07 394

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tomonidan amalga oshiriladi

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin:

 

  • Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;
  • uzrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
  • ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa;
  • muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa;
  • o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa.

 

 Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.Timofeyeva

Мавзуга оид