s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-26 289

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish to’g’risidagi (21.06.2022 yildagi VM 341-sonli qaror

asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya — kamida bir oy davomida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat yoki diplom olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya.

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi

ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar ro‘yxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida turmasa;

ariza beruvchida nogironlik mavjud bo‘lsa;

ariza beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan bo‘lsa;

ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yuz sakson kundan oshmagan bo‘lsa;

Bunday murojaat ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida amalga oshirilishi lozim.

ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilgan o‘n olti yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat (“pdf” yoki “jpg” formatda).

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchining murojaatini o’rganib chiqib ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yana bir marta o‘rganilib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga elektron shaklda yuboriladi

Agentlik ariza beruvchiga subsidiyani to‘lashi yoki uni rad etish to‘g‘risida uch ish kunida qaror qabul qiladi, subsidiyani to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Agentlik asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.

 

Qo’shko’pir tuman

DXM bosh mutaxasisi                                        Abdirasulov Shoxrux Karimberganovich

Мавзуга оид