s
“O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-204-son, 03.06.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvargacha quyidagi axborot tizimlari (hisobga olish axborot tizimi) joriy etiladi:
iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi;
iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo'yicha xavfni tahlil qilish tizimi;
iste'mol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi.
Bunda:
➖2025-yil 1-yanvargacha hisobga olish axborot tizimlari o'zaro axborot almashinuvini yo'lga qo'yish uchun Soliq qo'mitasi, Bojxona qo'mitasi, Kadastr agentligi, “O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi