s
USD: Rub: Eur:
2024-11-29 919

Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-955-son, 05.09.2024 y.) bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Qonunga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarga ko'ra: Davlat nogironligi bo'lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo'lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan choralarni ko'radi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta'minlanadi. Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan, o'rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo'lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo'lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to'ldirilmoqda.

Shovot tumani YXKM boshlig’i K.X.Ismoilov

 

Мавзуга оид