s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-06-26 614

Hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari tomonidan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati qanday mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo’shma qarori 

“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi”3271 30.06.2020-yildagi  nizomiga asosan. Bir stavkada ishlovchi o‘qituvchi uchun boshlang‘ich I ― IV sinflardagi haftalik o‘quv yuklamasi ― 18 soat va pedagogik yuklamasi ― 18 soatni hamda yuqori V ― XI sinflardagi haftalik o‘quv yuklamasi ― 20 soatni va pedagogik yuklama ― 16 soatni tashkil etadi, bunda o‘qituvchining pedagogik yuklamasi haftalik o‘quv yuklamasiga mos ravishda boshlang‘ich I ― IV sinflarda 1,0 koeffitsiyentga, yuqori V — XI sinflarda 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirilgan holda hisoblanganligi;umumta’lim muassasasining rahbar xodimi (direktor va uning o‘rinbosarlari) tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilganligi (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) hamda ular tomonidan bajarilgan dars soatlariga soatbay haq to‘langanligi;

umumta’lim muassasalarining uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilariga haq to‘lash bazaviy tarif stavkasini o‘quv va pedagogik yuklamalarga bo‘lish, ularni yakka tartibda o‘tkazilgan haqiqiy dars soatlariga ko‘paytirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq ta’limi tizimi xodimlariga haq to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida”giqarorida belgilangan o‘qituvchining tarif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga qo‘shimcha oyiga 50 foiz to‘lov amalga oshirilganligi (bunda yakka tartibda o‘quvchini uyda o‘qitayotgan o‘qituvchilarning asosiy oylik yuklamasi maktabda bo‘lishi shart);

 

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 

Мавзуга оид