Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi
Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7424)2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda:
Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ'ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo'g'inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;
davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ'ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;
davlat organlari va tashkilotlarida o'z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas'ul bo'linmalar belgilanadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi