s
JAVOB. Bunday holatda xodim ishga qo'yilmaydi, ishdan chetlashtirish chorasi qo'llaniladi. MKning 151-moddasi 1-qismiga ko'ra ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga vaqtincha yo'l qo'ymaslikdir. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:
qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko'ra;
alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta'siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo'lganida;
mehnatni muhofaza qilish sohasida o'quvdan hamda bilim va ko'nikmalari tekshiruvdan o'tmaganda;
majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmaganda;
xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko'rsatmalar aniqlanganda;
tibbiy xulosaga muvofiq sog'lig'ining holatiga ko'ra to'rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o'tkazishga muhtoj bo'lgan xodimni o'tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo'lmaganda;
xodim mehnat to'g'risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo'lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.
Ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos bo'lgan holatlar bartaraf etilguniga qadar butun davrga uni ishdan chetlashtiradi. Demak, xodim tibbiy ko'rikdan o'tib kelmagunicha, ish haqi to'lamasdan uni ishga qo'ymaslikka haqlisiz.
Xonqa tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev