s
Qonunchilikka ko’ra, yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo’lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi va ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o’tiladi.
Shuningdek, temir yo’lda yuklarni mahalliy, eksport va import yo’nalishlarida tashish tariflariga taqdim etilgan chegirmalar bekor qilinadi hamda ularni faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taqdim etish tartibi joriy etiladi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/6292)
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi