s
Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
1) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
2) uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tugʼruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
3) ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir ko‘rsatsa;
4) muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
5) o‘z bolalarining hayoti yoki sogʼligʼiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʼligʼiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa,
Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi