s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 279

Bayram puli barchaga berilishi tartibi

Mehnat kodeksining 246-moddasiga asosan Mehnatga haq to‘lash tizimlari, shu jumladan tarif stavkalari, maoshlar, kompensatsiya xususiyatiga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal sharoitlardan chetga chiquvchi sharoitlardagi ish uchun shunday qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar miqdorlari, rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar tizimlari hamda mukofotlash tizimlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilanadi. Ya’ni bayram puli masalalari har bir korxonaning o‘z ichki jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal hujjatida nazarda tutiladi. Mazkur hujjatlarda agar bayram kunlari xodimlar rag‘batlantirilishi lozimligi belgilangan bo‘lsa, xodimlarga bayram puli berilishi kerak. Odatda uning miqdori jamoa shartnomasida Bazaviy hisoblash miqdoriga yoki xodimlarning lavozim maoshiga bog‘lab qo‘yiladi.

 

Shovot tumani Аdliya boʻlimi  YXKM

bosh yuriskonsulti I.Rahimberganov

 

Мавзуга оид