s
USD: Rub: Eur:
2024-05-28 869

OTMLARGA O'QISHGA QABUL QILISH VA DAVLAT BUYURTMASINI JOYLASHTIRISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-81-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi

 

Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yili qabulidan:

-davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

-davlat buyurtmasi bo'yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

-davlat OTMlari uchun o'rnatilgan tartib va shartlar bo'yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi OTMlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

-davlat granti kvotalarining OTMlar kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan abiturientlarning tanlovi va to'plagan ballariga ko'ra amalga oshiriladi.

- 2024/2025-o'quv yilidan har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha OTMning umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta'lim sohalari (bakalavriat ta'lim yo'nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

2025-yildan davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

 

RASULBEK IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi

Мавзуга оид