s
USD: Rub: Eur:
2024-12-28 311

Soliq majburiyati nima?

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan, Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir.

Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi.

Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi.

Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran yuklatiladi.

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид