s
USD: Rub: Eur:
2024-03-26 973

Qanday holatlar nikoh tuzishga monelik qiladi?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga asosan,

Nikoh tuzishga:

loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;

nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;

loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Hazorasp tuman adliya bo’limi boshlig’i Y. Baltayev

Мавзуга оид