s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 339

Bilasizmi

Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli yanada oshiriladi

 

“Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-75-son, 19.02.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga kо‘ra, 2024 yil 1 martdan:

qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilari loyihaning о‘zida majburiy tartibda belgilanadi;

tegishli sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga kо‘tarish imkoniyatini muhokama qilish shartligi belgilanadi va bu haqda qonun loyihasining tushuntirish xatida kо‘rsatiladi;

 

qonun kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil о‘tib, mas’ul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining qо‘mitalari tomonidan qonunning samaradorligini, maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash uchun uning tartibga solish ta’sirini baholash amaliyoti joriy etiladi;

eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda dastlab jamoatchilikning taklif va tavsiyalari olinib, ular asosida tegishli loyihalar ishlab chiqiladi;

normativ-huquqiy hujjatni kuchini yо‘qotgan deb topish bо‘yicha loyiha ishlab chiqilganda, uning asosida qabul qilingan quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan о‘tkazilib, ularni ham о‘z kuchini yо‘qotgan deb topish masalasi kо‘rib chiqiladi.

 

Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik

xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti                        D.Raximov.

 

Мавзуга оид