O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.
Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
Bosh maslahatchisi