s
USD: Rub: Eur:
2024-12-11 527

Kommunal xizmat ko'rsatish sohasida huquqni qo'llash amaliyotining bir xilligi ta'minlanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-951-son, 29.08.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

 Unga ko'ra, Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar hamda yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishni cheklashga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

 Shuningdek, Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining transformasiyasi munosabati bilan ekologiya, o'rmon xo'jaligi sohasidagi davlat organlarining vakolatlari aniqlashtirilmoqda.

 Bundan tashqari, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq tushunchalar "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to'g'risida"gi Qonun normalariga muvofiqlashtirilmoqda.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshligi    A.Hasanov

Мавзуга оид