Prezidentning 6110-son farmoniga ko‘ra, boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida har oylik ijara to‘lovlari kompensatsiya qilinadi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti X.Matkarimov