s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 697

Bilasizmi,

 

 

O’zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksini 208-moddasiga ko’ra, Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:

1 yanvar — Yangi yil;

8 mart — Xotin-qizlar kuni;

21 mart — Navrо‘z bayrami;

9 may — Xotira va qadrlash kuni;

1 sentabr — Mustaqillik kuni;

1 oktabr — О‘qituvchi va murabbiylar kuni;

8 dekabr — О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni;

Rо‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga tо‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga kо‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat kо‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari tо‘xtatib qо‘yish mumkin bо‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari kо‘chirilmaydi.

Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa kunlarga kо‘chirilishi mumkin.

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                    Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид