s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-03-19 733

Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qo'llash tartibi yanada takomillashtirildi

Prezident Qarori (PQ-85-son, 24.02.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo'shimchalar kiritildi

 “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/5304247) quyidagilarni nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritildi:

Qimmatbaho metallarni kechiktirib to'lash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi, xususan:

30 kun ichida amalga oshirilgan to'lovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;

31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan to'lovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.

 Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qaroriga (https://lex.uz/en/docs/6346726) quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi:

 Qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qo'llagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qo'yiladigan mezonlarni belgilashda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi:

yaratilgan ish o'rinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;

yaratilgan ish o'rinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo'lishi;

tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega bo'lishi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид