s
USD: Rub: Eur:
2024-03-31 683

Konstitusiyasida fuqarolarning atrof-muhit va ekologiyaga oid quyidagi huquqlari mavjud:

➖ Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati tо‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bо‘lish huquqiga ega.

➖ Davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

➖ Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari jamoatchilik muhokamasidan о‘tkaziladi.

➖ Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir kо‘rsatilishiga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

➖ Davlat Orolbо‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar kо‘radi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид