O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘i (17.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2667) bilan tasdiqlangan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMAning 22-bandiga asosan bemorlar quyidagi hollarda tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (keyinchalik matnda TIEK deb yuritiladi) yuboriladi: https://lex.uz/docs/-2625878
-aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz to‘rt oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
-aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami olti oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
-sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida o‘n oyni tashkil qilsa;
-silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa.
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
Hazorasp tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi