s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 947

Bilasizmi,

O’zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksini 212-moddasiga ko’ra, xodimlarni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Xodimning dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishlashga roziligi xodim tomonidan tegishli ariza berish yoxud xodim tomonidan ish beruvchining xodim dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishlashga rozi ekanligi tо‘g‘risidagi buyrug‘iga imzo qо‘yish orqali olinishi mumkin.

Xodim dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga о‘z roziligisiz jalb etilganda ish beruvchining buyrug‘ida ushbu Kodeks 210-moddasida nazarda tutilgan alohida hol kо‘rsatilishi kerak.

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                    Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид