Vazirlar Mahkamasining 01.12.2018 yil kungi 975-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ko‘rstilishicha, yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va eʼtiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda "Siz" deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilishga majbur.
Shuningdek, yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berishi kerak.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi