s
USD: Rub: Eur:
2024-09-30 984

Hukumat Qarori bilan (468-son, 01.08.2024 y.) Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

 Unga ko‘ra, quyidagi intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati Adliya vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin:

 

➖ixtiro;

➖foydali model;

➖sanoat namunasi;

➖seleksiya yutug‘i;

➖tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi;

geografik ko‘rsatkich;

➖tovar kelib chiqqan joy nomi.

 

 Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi (im.adliya.uz)  yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beradi.

 

 Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

 Davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan miqdordagi patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanadi.

 

 Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

 

 Ariza beruvchiga muhofaza hujjatining amal qilish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani muhofaza hujjatiga ilova shaklida axborot tizimi orqali yuboradi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид