s
USD: Rub: Eur:
2023-11-29 942

Bir qator huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 15.11.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-878-son Qonun imzolandi.

 Fuqarolik kodeksiga geografik koʻrsatkichlar ham intellektual mulk ob’yektlari hisoblanishi toʻgʻrisidagi norma kiritilmoqda. 

Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarning hayoti yoki sogʻligʻi хavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoхud oʻtkazganlik, ishlarni bajarganlik yoki хizmatlarni koʻrsatganlik uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin (muqaddam faqat jarima, majburiy jamoat yoхud aхloq tuzatish ishlari). 

Ushbu harakatlar badanga oʻrtacha ogʻir yoхud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa yoхud:

juda koʻp miqdorda;

bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. 

Xuddi shu harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi (ilgari 3 yildan 7 yilgacha).


Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

 

Мавзуга оид