O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, buzilgan huquqlarini tiklash, yangi qabul qilingan qonun-hujjatlarining hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng aholi va ijrochilarga yetkazish maqsadida doimiy ravishda Huquqiy aksiyalar, Viktorinalar va Tanlovlar tashkil etib kelmoqda.
Bu kabi tadbirlardan yana bittasi “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasi o’tkaziladi.
- Aksiya 2023 yil avgust–sentabr oylarida bo’lib o’tadi.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:
- uyma-uy bepul huquqiy yordam ko’rsatiladi;
- mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilarining huquqiy bilimlari oshiriladi;
- sayyor qabullar tashkil etiladi;
- “O’z huquqlarimizni o’rganamiz” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi.
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi