Mehnat kodeksining 547-moddasida ayni masa laning asosi qayd etilgan. Ya'ni, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi va kasaba uyush masi qo'mitasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissi yani tuzish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat nizolari bo'yicha komissiyalar tash kilotlarning tarkibiy bo'lin malarida tuziladi. Yakka tartibdagi mehnat nizolari esa tashkilotlar tarkibiy bo'linma larining mehnat nizolari bo'yicha komissiyalarida jamoa shartnoma sida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan tashkilotning kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda aniqlanadigan ushbu komissiyalarning vakolatlari doirasida ko'riladi. Mehnat nizolari boʻyicha komissi yalar ish beruvchi va kasaba uyush masi qo'mitasi tomonidan har bir tarafdan vakillar soni teng boʻlgan holda, teng huquqlilik asosida tuziladi. Mehnat nizolari bo'yicha komissiya tuzish to'gʻrisida yozma shaklda taklif olgan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi oʻn kunlik muddatda oʻz vakillarini komissiyaga yuborishi shart. Komissiya a'zolari tegishli kasaba uyush masi qo'mitasining qarori hamda ish beruvchining buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Mehnat nizolari boʻyicha komis siyaning son jihatidan tarkibi va vakolatlari muddati jamoa shartno masida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi oʻrtasida kelishilgan holda tasdiqlanadigan boshqa ichki hujjatda belgilanadi. Komissiya ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasida tasdiglangan nizom yoki boshqa ichki hujjat aso sida ish yuritadi. Komissiya faoliyatini tash kiliy-texnik jihatdan ta'minlash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ish beruvchi xodimning roziligi bilan uning zimmasiga komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlash uchun mas'ul shaxs vazifalarini yuklatishi mumkin.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM
bosh yuriskonsulti I.Rahimberganov