s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-27 238

Ayollar daftaridan chiqish tartibi qanday?

Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Аyollar daftari»dan chiqariladi:

har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida);

to‘liq davlat taʼminotiga olinganda;

o‘z arizasiga ko‘ra;

«Аyollar daftari»ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;

boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид