s
Elektr energiyasi uchun to’lanadigan pul mablag’lari kommunal to’lovlarning kattagina qismini tashkil qiladi. Agar qo’yib bersangiz, ishlaydigan odamning yarim maoshini ham olib qo’yishi mumkin. Xavotir olmang, elektr energiyasini tejashning bir qator juda oddiy va qonuniy usullari mavjud.
Shu o’rinda maishiy texnika vositalari xususida ikki og’iz so’z. Elektr energiyasini yamlamay yutadigan isitish pechlari, suv filtri, suv isitgich, soch quritgich, dazmol, choynak, kamin, gaz pechi va hokazolar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, elektron hisoblagichlarni shiddat bilan aylanishga majbur qiladigan yuqori kuchlanishli kir yuvish mashinasi, muzlatkich hamda konditsionerni alohida e’tirof etish lozim. Bu kabi texnik vositalarini ishlatishdan voz kecha olmas ekanmiz, unda qanday qilib iqtisod qilish mumkin?
Hammasi juda oddiy: ko’pchilik zamonaviy elektr uskunalari qadimiylariga qaraganda ancha kam quvvat sarflaydi. Masalan, plazmali va LCD-monitorlar iqtisod rejimida ishlaydi va bir yilda 135 kVt/s energiyani tejab berishi mumkin. Xuddi shu tizimda ishlaydigan shaxsiy kompyuterlar esa 2 marta kamroq elektr sarflaydi.
Bu usuldan barcha allaqachon xabar topib ulgurgan. Biroq xonasida hali ham eski Rossiya lampochkalari yonib turgan xonadonlar yurtimizda uchrab turadi. Hozirgi kunda do’konlarda energiya tejovchi lampochkalarning rang-barang turlari chiqib ketgan. Eski lampochkangizni ana shularga almashtiring.
Elektr energiyasini iqtisod qilishning yana bir mashhur va samarali usuli. Ammo ko’pchilik bunga hafsala qilmaydi. Aslida esa xonadan chiqayotganda svetni o’chirish bilan ancha-muncha mablag’ni tejab qolish mumkin.
Choynak ichki devorini qoplab olgan qalin cho’kmalar issiqlik o’tkazuvchanlikka jiddiy qarshilik ko’rsatadi. Va elektr sarfini ko’paytirib yuboradi. Shunday ekan, uni muntazam tozalab turishni unutmang.
Bunda elektr sarfi bir necha barobar oshadi. Elektr uchun to’laydigan pulingizni qancha qismi muzlatkich hissasiga to’g’ri kelishini bilasizmi? Agar uni pechka yoki otopleniya yoniga joylashtirgan bo’lsangiz, bu sarf bir necha barobar oshishiga tayyor turavering.
Xona shifti yoki devorlarini yorqin rangga bo’yash orqali ham elektr energiyasini tejash mumkin. Ochiq rangga bo’yalgan xona Quyosh nurini 80 foiz o’zida aks ettiradi. Agar xona qanchalik to’q rangga bo’yalgan bo’lsa, xonani yoritish uchun shunchalik ko’p elektr energiya kerak bo’ladi.
Bu maslahatni ko’pchilik jiddiy qabul qilmaydi. Ammo u muhim jihat. Xira tortib qolgan lampochkani yangisiga almashtirish ham zarar qilmaydi. Chunki oddiygina chang 20 foiz yorug’likni o’ziga yutish xususiyatiga ega. Shuningdek, stol lampalari va qandillarni ham muntazam artib turishni unutmang.
Dastlab xonadagi barcha yoriq va teshiklarni yopib chiqing. Xonaga zamonaviy elektr tejaydigan oynalar o’rnatish ham mumkin. Deraza va eshiklar qiyasidan 50 foizgacha issiqlik chiqib ketishi mumkin. Bundan tashqari, derazalar qishda qalin tungi pardalar bilan qoplanishi ham mumkin. Balkon va koridorlarni izolyatsiya qilish, butun xonaga poldan o’tadigan isitgichlarni o’rnatish ham yaxshi chora bo’la oladi.
Iloji bo’lsa, energiya tejash xususiyatiga ega maishiy texnikani sotib oling (bu ko’rsatkich A dan G gacha bo’lishi mumkin). A sinfidagi asboblar eng kam energiya sarflaydi, G sinfidagi eng yuqori. Yevropa Ittifoqining energiya samaradorligi yorlig’i bugungi kunda aksariyat uy anjomlari, avtomobillar va hatto lampochkalarda ham mavjud. Tejamkor mahsulotda yorliq odatda yashil rangda bo’ladi. Agar uskuna energiya tejash rejimiga ega bo’lsa, u odatdagidan kamroq elektr sarflaydi (farq ba’zan 50 foizga yetadi). Bundan tashqari, A + va A ++ sinflari mavjud bo’lib, ular o’z navbatida yana-da ko’proq tejashga imkon beradi.
Rasulbek Ibragimov
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
Sho’ba boshlig’i