s
Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021 yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, taʼlim kreditlari taʼlim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning o‘qish muddati rasman tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi