s
Yangiariq tuman adliya tomonidan fuqarolar murojaatlari vakolat doirasida ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.
Xususan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 14-sonli maktab kutubxonachisi D.Q ning O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi 29.09.1994-yildagi 490-sonli qarori asosida ustama pullari to‘lanmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaat o‘rganilganda, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan D.Q ga 2021-yil uchun to‘lanmay qolgan 236 604 so‘mlik qo‘shimcha ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi D.Razzakov