s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 226-moddasiga ko’ra, har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda kо‘p yillik ish staji uchun qо‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga quyidagilar kiradi:
ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat tо‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish о‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt, shu jumladan har yilgi mehnat ta’tili vaqti, dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa davrlari;
mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda, xodim boshqa ishga о‘tkazilganda yoki u ishdan chetlashtirilganda va kelgusida xodim avvalgi ishiga tiklanganda majburiy progul vaqti;
agar tibbiy kо‘rikdan о‘tmaslik yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim va kо‘nikmalar tekshiruvidan о‘tmaslik xodimning aybisiz yuz bergan bо‘lsa, majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tmagan yoki mehnatni muhofaza qilish sohasida о‘quvdan о‘tmagan hamda bilim va kо‘nikmalari tekshiruvdan о‘tmagan xodim ishdan chetlashtirilgan davr;
agar xizmat tekshiruvi natijalariga kо‘ra, mehnat majburiyatlarining buzilishidagi xodimning aybi tasdiqlanmasa yoxud mehnat majburiyatlarini buzish faktining о‘zi tasdiqlanmasa, ushbu xizmat tekshiruvini о‘tkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilgan davr;
xodimning iltimosiga kо‘ra beriladigan, ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa vaqt davrlari.
Har yilgi asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish staji jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:
xodim uzrli sabablarsiz ishda bо‘lmagan vaqt;
xodim ishdan chetlashtirilgan davrlar, bundan ushbu modda birinchi qismining tо‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
ushbu Kodeks 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar vaqti.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi, shuningdek noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qо‘shimcha mehnat ta’tillarini olish huquqini beradigan ish stajiga faqat mazkur sharoitlarda haqiqatda ishlab berilgan vaqt kiritiladi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov