s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-21 378

Talabaga oilasining betob a`zosini parvarish qilish uchun akademik ta`til berilishi mumkin

 

Qonunchilikka ko'ra, oliy ta'lim muassasalari talabalariga akademik ta'til quyidagi hollarda berilishi mumkin: (https://lex.uz/docs/5443081#5445838)

 

harbiy xizmatni o'tash uchun;

 

salomatligini tiklash uchun;

 

homiladorlik va tug'ish uchun;

 

bolalarni parvarish qilish uchun;

 

oilasining betob a'zosini (otasi, onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar, turmush o'rtog'i, farzandi) parvarish qilish uchun.

 

Talabaga akademik ta'til berilishi uni OTMdan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

 

Talabalarga akademik ta'til davrida stipendiyalar to'lanmaydi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig`i B.Yusupov

 

Мавзуга оид