s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 899

YOSHLAR DAFTARIGA QANDAY KIRISH MUMKIN VA KIRITILISH TARTIBI QANAQA ?

 

 

 Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori bilan tasdiqlangan «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra.

Ushbu Nizom talablari asosida "Yoshlar daftari"ga kiritilishi mumkin bo‘lgan toifadagi ariza beruvchilar elektron platforma (https://yoshlardaftari.uz/)  orqali "Yoshlar daftari"ga kiritilishlari mumkin.

Yoshlar mazkur platformaga 3 xil yo‘l bilan:

1) ➖ ariza beruvchining bevosita o‘zi tomonidan elektron platformaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali;

2) ➖ ariza beruvchi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining «1093» qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish orqali;

3) ➖ yoshlar yetakchisining ko‘magida elektron platformaga ariza beruvchining tegishli ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan «Yoshlar daftari»ga kiritiladi.

 "Yoshlar daftari"ga kirish uchun yuqoridagi platforma so‘zini ustiga bosib shaxsiy ma’lumotlaringiz orqali daftarga kirish uchun o‘zingiz harakat qilib ko‘rsangiz bo‘ladi, yoki yoshlar yetakchisidan yordam olishingiz mumkin yoki «1093» Call-markaziga murojaat qilib daftarga kiritishlarini so‘rasangiz bo‘ladi.

 Keyin nima bo‘ladi ? Undan keyin yoshlar yetakchilari tomonidan talabgorni arizasi uni "Yoshlar daftari"ga kiritish yoki rad etish bo‘yicha 3 kun o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha ariza beruvchiga «Yoshlar daftari»ga kiritilganligi yoki kiritish rad etilganligi haqida asoslangan xabar, shu jumladan, SMS-xabarnoma yuboriladi.

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davlatboyev G’olib

 

Мавзуга оид