O’zbekiston Respublikasi shaxarsozlik kodeksining 9-moddasiga asosan. Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqqa ega.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqi:
shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish;
fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati;
shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab bo‘lgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash orqali ta’minlanadi.
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Y.S.Xo’jamuratova