s
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksi 476-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini
bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan o‘ttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra mazkur muddat yana o‘ttiz kunga uzaytirilishi mumkin.
Matyokubov Azimboy Axmedovich
Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i